Yangiliklar
Uzbekistan Airways Technics
Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
Yana bir tor fyuzelyajli Boeing 737-500 samolyoti C-check hajmida og‘ir texnik xizmat ko‘rsatishdan so‘ng Toshkent aeroportidan havoga ko‘tarildi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni SCAT aviakompaniyasining Boeing 737-500 rusumli yana bir tor fyuzelyajli samolyoti “Uzbekistan Airways Technics” MChJ bazasida C-check hajmida ogʻir texnik xizmat koʻrsatishdan soʻng Toshkent aeroportidan havoga koʻtarildi.
“Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyati uzoq yillardan buyon xorijiy aviakompaniyalar, jumladan, “SCAT” aviakompaniyalariga ham o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda, yildan-yilga yaqin aloqalar o‘rnatilib, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochilib, yangi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Bugungi kunda “Uzbekistan Airways Technics” MChJ tomonidan Boeing 737-300/500/600/700/800/900 NG va Classic samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari toʻliq oʻzlashtirildi.
