Yangiliklar

Uzbekistan Airways Technics

      Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

“Uzbekistan Airways Technics” MChJda AJda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish

2025-yil 10-sentabr kuni “UAT” MChJda MChJ rahbariyati hamda boshqarma, xizmat, bo‘lim, sex va uchastkalar rahbarlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi. Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. “UAT” MChJ direktori Farxod Ismoilovich Ibragimov o‘z so‘nutqida korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat mamlakat miqyosida, balki Jamiyatimiz doirasida ham dolzarb ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarni ko‘rib chiqilayotgan muammoga jiddiy yondashishga chaqirdi. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i O.Ya.Ahmedov targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish samaradorligining yo‘nalishlaridan biri ekanligini ma’lum qildi. “Uzbekistan airways” AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati vakili N.Zikrillayeva korrupsiya tushunchasiga qisqacha izoh berdi, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari haqida gapirdi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xorijiy ekstraterritorial qonunchilikka misollar keltirdi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini qurishning qonunchilik va uslubiy bazasi hamda tashkilotlar faoliyatida komplayens-nazorat tizimini joriy etish maqsadlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Korxona rahbari F.Ibragimov kelgusida ham doimiy ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminarlar tashkil etishni taklif qildi. 

 

 

 

 

Kontaktlar

Manzil:
Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani,
Uchuvchilar MFY, Qum-Ariq ko’chasi, 2a-uy
 
Telefon:  +998 55 503 16 20
 
E-mail:    uat@uzairways.com
                office.uat@uzairways.com 
E-xat:      uat@exat.uz 
                uat2@exat.uz 
 
Ish vaqti:  Dushanba - juma 9.00 - 18.00

Xaritada

So'rov qoldiring: