Yangiliklar

Uzbekistan Airways Technics

      Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

“UAT” MChJ mutaxassislari AIRLINE GEO SKY B767-300ER Havo kemasida  dvigatelni tezkor almashtirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

     

     

       2026 yil 13 may kuni Geo Sky aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767-300ER havo kemasi (ro‘yxatdan o‘tish raqami 4L-GEL, MSN 30564) shoshilinch tarzda “UAT” MChJ bazasiga tortib kelindi.

Rejadan tashqari murojaatga havo kemasi dvigatellaridan birining ishdan chiqishi sabab bo‘ldi. Aviakompaniya “UAT” MChJ mutaxassislariga nosoz dvigatelni demontaj qilish va yangi dvigatelni eng qisqa muddatlarda o‘rnatish bo‘yicha murojaat qildi.

“UAT” MChJning barcha bo‘linmalari hamjihat va tezkor faoliyat olib borgani tufayli qo‘yilgan vazifa eng qisqa muddatlarda muvaffaqiyatli bajarildi.

Yangi dvigatel hamda havo kemasini bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq barcha masalalarni tezkor hal qilgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarni alohida ta’kidlash lozim.

Muhandislik-texnik xodimlar esa dvigatelni demontaj qilish va o‘rnatish ishlarini professional hamda sifatli tarzda amalga oshirdilar.

2026 yil 16 mayga kelib, havo kemasi o‘z parvozlarini muvaffaqiyatli davom ettirdi.

Yuqori professionalizm, tezkorlik va ishlarni samarali tashkil etganlik uchun aviakompaniya “UAT” MChJ manziliga rasmiy minnatdorchilik maktubini yo‘lladi.


 

Kontaktlar

Manzil:
Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani,
Uchuvchilar MFY, Qum-Ariq ko’chasi, 2a-uy
 
Telefon:  +998 55 503 16 20
 
E-mail:    uat@uzairways.com
                office.uat@uzairways.com 
E-xat:      uat@exat.uz 
                uat2@exat.uz 
 
Ish vaqti:  Dushanba - juma 9.00 - 18.00

Xaritada

So'rov qoldiring: