Yangiliklar
Uzbekistan Airways Technics
Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
UAT MChJ bazasida Geosky Airlines (Gruziya) aviakompaniyasining Boeing B767-300 samolyotiga texnik xizmat ko'rsatildi.
«Uzbekistan Airways Technics» MChJ bazasida Gruziyaning Geosky aviakompaniyasiga tegishli Boeing B767-300 havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
2025 yil 18 dekabr kuni Geosky aviakompaniyasiga tegishli, davlat ro‘yxat raqami 4L-GED bo‘lgan Boeing B767-300 havo kemasi texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida «Uzbekistan Airways Technics» MChJ bazasiga kelib qo‘ndi.
«UAT» MChJ texnik xodimlarining ko‘p yillik tajribasi, yuqori malakasi va professionalligi tufayli barcha ishlar belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda, sifatli va eng qisqa vaqt ichida bajarildi. Buyurtmachi ko‘rsatilgan xizmatlar sifati va darajasidan to‘liq mamnunligini bildirdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |