''Uzbekistan Airways Technics'' MChJda ''Xavfli ishlab chiqarish ob'ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishga (II toifa)'' ochiq tanlov o'tkazish.
Xizmat ko‘rsatuvchi (Etkazib beruvchi)ga qo‘yiladigan talablar:
• ushbu yo‘nalishda kamida 5 yillik ish tajribasiga, shuningdek, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun sertifikatga ega bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
Quyidagi ishtirokchilar tanlovga yo‘l qo‘yilmaydi:
• Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj jarayonida bo‘lganlar;
• qayta tashkil etish (reorganizatsiya), tugatilish (likvidatsiya) yoki bankrotlik bosqichida bo‘lganlar;
• belgilangan muddatda to‘liq hujjatlar paketini taqdim etmaganlar;
• ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlar;
• Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilganlar.
Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
• tashkilotning yuridik manzili;
• telefon raqami;
• QQSsiz (Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz) yoki QQSni hisobga olgan holdagi narxlar (agar ishtirokchi ushbu soliq to‘lovchisi bo‘lsa);
• xizmat ko‘rsatish qiymati;
• sug‘urta summasining minimal miqdori;
• sug‘urta summasidan kelib chiqadigan sug‘urta koeffitsiyenti (tarifi);
• to‘lov shartlari.
Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
• davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
• soliq hisobi bo‘yicha ma’lumotlar, shu jumladan STIR (INN);
• Yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• ustav va boshqa ta’sis hujjatlarining nusxalari;
• pasport nusxasi;
• ishonchnoma;
• pudratchining mulkiy ro‘yxati, jumladan, barcha mulkdorlar hamda mol-mulkning benefitsiar mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• oxirgi hisobot yili uchun buxgalteriya balansi (hisoboti) yoki oxirgi hisobot yili uchun auditorlik xulosasi;
• ish/xizmatlarni bajarish uchun malakali xodimlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (xatlar va/yoki tasdiqlovchi hujjatlar).
Tijorat taklifiga litsenziya hamda milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchliligi reytingi sertifikati nusxalari ilova qilinishi shart.
Tijorat taklifi 2026-yil 19-oktabr soat 17:00 ga qadar qog‘oz shaklida ham, This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochtasi orqali ham “UAT” MChJ direktori Kosov V.M. nomiga, quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100167, Toshkent sh., Sergeli tumani, Aviagorodok, “UAT” MChJ.
Aloqa yuzlari:
1. TB mutahasisi - Popkova T.A. tel. (55)503-16-04
2. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo'limi boshlig'i Burachkovskaya I.O. тел (99) 235-25-92
O'zbek
Русский
English