Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

"Uzbekistan Airways Technics" MChJda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish xizmatlarini ko'rsatishning boshlang'ich qiymatini monitoringi.

 
Shartnoma narxini shakllantirish tartibi: Shartnoma narxi sug'urta summasining sug'urta koeffitsientini hisoblashdan hosil bo'lgan sug'urta mukofotining miqdori bilan belgilanadi.
 
Sug'urta koeffitsienti (9-sinf)
 
Xizmat ko‘rsatuvchi (Etkazib beruvchi)ga qo‘yiladigan talablar:
• ushbu yo‘nalishda kamida 5 yillik ish tajribasiga, shuningdek, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun sertifikatga ega bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin;
• eng yuqori reyting darajasiga ega bo‘lishi lozim.
 
Quyidagi talabgorlar tanlovga yo‘l qo‘yilmaydi:
• qayta tashkil etish (reorganizatsiya), tugatilish (likvidatsiya) yoki bankrotlik bosqichida bo‘lganlar;
• Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj jarayonida bo‘lganlar;
• belgilangan muddatda to‘liq hujjatlar paketini taqdim etmaganlar;
• ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlar;
• Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilganlar.
 
Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
• tashkilotning yuridik manzili;
• telefon raqami, elektron pochta manzili (E-mail);
• umumiy sug‘urta summasidan kelib chiqadigan sug‘urta koeffitsiyenti;
• sug‘urta mukofoti miqdori;
• to‘lov shartlari.
 
Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
• davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
• soliq hisobi bo‘yicha ma’lumotlar, shu jumladan STIR (INN);
• Yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• ustav va boshqa ta’sis hujjatlarining nusxalari;
• pasport nusxasi;
• ishonchnoma;
• pudratchining mulkiy ro‘yxati, jumladan, barcha mulkdorlar hamda mol-mulkning benefitsiar mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• oxirgi hisobot yili uchun buxgalteriya balansi (hisoboti) yoki oxirgi hisobot yili uchun auditorlik xulosasi;
• ish/xizmatlarni bajarish uchun malakali xodimlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (xatlar va/yoki tasdiqlovchi hujjatlar).
 
Tijorat taklifiga litsenziya hamda milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchliligi reytingi sertifikati nusxalari ilova qilinishi shart.
 
Tijorat taklifi 2026-yil 19-oktabr soat 17:00 ga qadar qog‘oz shaklida ham, This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochtasi orqali ham “UAT” MChJ direktori Kosov V.M. nomiga, quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100167, Toshkent sh., Sergeli tumani, Aviagorodok, “UAT” MChJ.
 
 
Buyurtmachining aloqador shaxslari:
1. TB mutahasisi - Popkova T.A. tel. (55)503-16-04
2. MTTM boshlig’i -  Yadiyarov A.I. 
3. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo'limi boshlig'i Burachkovskaya I.O. тел  (99) 235-25-92