Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

OOO «Uzbekistan Airways Technics» hududida gazlangan suv apparatlariga texnik xizmat ko‘rsatish, sanitariya ishlovini berish, sarf materiallari va karbonat angidrid gazi (CO₂) bilan ta’minlash xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini monitoring qilish.

Xizmat ko‘rsatuvchi yetkazib beruvchiga qo‘yiladigan talablar:
- Mulkiy shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar, shu jumladan kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin;
- Shtatda ushbu sohada ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali va kompetent xodimlarning mavjudligi;
- Gazlangan suv apparatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va sanitariya ishlovini berish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus jihozlar, ehtiyot qismlar hamda sarf materiallarining mavjudligi.
 
Quyidagi ishtirokchilar tanlovda qatnashishga qo‘yilmaydi:
- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj jarayonida bo‘lganlar;
- Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lganlar;
- Belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
- Avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlar;
- Vijdonsiz ijrochilarning Yagona reyestrida ro‘yxatda turganlar.
 
Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
- Tashkilotning yuridik manzili;
- Telefon raqami;
- Narxlar QQSsiz yoki QQSni hisobga olgan holda (agar ishtirokchi ushbu soliq to‘lovchisi bo‘lsa);
- Ishlarni bajarish muddati;
- To‘lov shartlari;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
 
Tijorat taklifi qog'oz shaklida ham, elektron pochta orqali ham qabul qilinadi: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. ''UAT'' MChJ direktori Kosov Valeriy Mitrofanovich nomiga yuborilgan takliflar 16.10.2026 yil soat 17:00 gacha O'zbekiston, 100167, Toshkent, Uchuvchilar shaharchasi, ''UAT'' MChJ manzilida qabul qilinadi.
 
Texnik topshiriq yuzasidan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun «UAT» MChJ binolar va inshootlardan foydalanish xizmatiboshlig'i Novgorodov Denis Vladimirovichga murojaat qilishingizni so‘raymiz Tel: (98) 189-01-23.
 
Aloqa yuzlari:
1. TB mutahasisi Lelyuk Artyom Andreyevich, тел. (55)503-16-04, (90) 176-74-78;
2. TB boshlig‘i Nodirjon Zafarjonovich Saidvakqosov, tel. (93) 508-66-21.

 

Texnik xususiyatlar (yuklab olish)