News
Uzbekistan Airways Technics
The site is in test mode. Some sections may be unavailable.
The site is in test mode. Some sections may be unavailable.
Uzbekistan Airways Technics ning Aero Engines Central Asia Kazakhstan va MRO Central Asia Kazakhstan xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalarida ishtiroki.
2026-yil 6-8-oktabr kunlari “Uzbekistan Airways Technics” MChJ AQSHning Mark Comm va Sloveniyaning ATO Comm kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan “Aero Engines Central Asia Kazakhstan” va “MRO Central Asia Kazakhstan” xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalarida ishtirok etdi.
Tadbirlar doirasida Uzbekistan Airways Technics o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini taqdim etdi va ishtirokchilarni korxonaning havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash (HKga TXvaT) sohasidagi imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Kompaniya vakili spiker sifatida ishtirok etib, Uzbekistan Airways Technicsning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi va mutaxassislarning kasbiy malakasi haqida ma’lumot berdi. Korxonaning texnik imkoniyatlari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasidagi rivojlanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro tadbirlarda ishtirok etish professional tajriba almashish, kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyatini taqdim etish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va Qozog‘iston va mintaqaning boshqa mamlakatlari aviatsiya sohasi vakillari bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.
Uzbekistan Airways Technics’ning Aero Engines Central Asia Kazakhstan va MRO Central Asia Kazakhstan’dagi ishtiroki kompaniyaning xalqaro hamkorlikni kengaytirish, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning ilg‘or tarmoq tajribalarini joriy etish va mintaqaviy bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |