"Uzbekistan Airways Technics" MCHJ xodimlari uchun qatiq mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha narx monitoringi o‘tkazilishi haqida
1. Xarid turi: Qatiq mahsulotini ishlab chiqarish va yetkazib berish. Mahsulotning texnik tavsifi "Qatiq mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha texnik topshiriq" ilovasida ko‘rsatilgan.
2. Ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)ga qo‘yiladigan talablar:
Quyidagi talablarga javob beradigan yuridik shaxslar, mulk shaklidan qat’i nazar, kichik biznes sub’ektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tanlovda ishtirok etishi mumkin:
• qatiq mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli sertifikat yoki litsenziyaga ega bo‘lishi;
• texnik topshiriqda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq ishlab chiqarish va yetkazib berishni amalga oshirishi;
• ushbu sohada kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
• malakali va tajribali xodimlarga ega bo‘lishi;
• mahsulotni Buyurtmachi omborigacha yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi.
3. Quyidagi ishtirokchilar tanlovga qo‘yilmaydi:
• qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida bo‘lganlar;
• sud yoki arbitraj ishlarida ishtirok etayotganlar;
• belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
• oldingi shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlar;
• Vijdonsiz ijrochilar yagona reestriga kiritilganlar.
4. Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
• tashkilotning yuridik manzili;
• telefon raqami;
• QQS bilan yoki QQSsiz narxlar (qatnashchining QQS to‘lovchi maqomiga qarab);
• To‘lov shartlari.
5. Tijorat taklifiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
• tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi;
• amaldagi litsenziya va quyidagi sertifikatlar:
o muvofiqlik sertifikati;
o sifat sertifikati;
o gigiyena sertifikati;
o veterinariya guvohnomasi.
6. Takliflarni topshirish tartibi va muddati:
Takliflar quyidagi shakllarda qabul qilinadi:
• Qog‘oz shaklida — muhrlangan konvertlarda, har bir konvertga ilova qilingan xat bilan birga;
• Elektron pochta orqali — quyidagi manzillarga yuborilishi lozim:
o
o
o
o
Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 30-sentabr, soat 17:00 gacha.
Takliflar "UAT" MCHJ direktori Ibragimova F.I. nomiga quyidagi manzilga yuboriladi:
100167, Toshkent shahri, Aviagorodok, "UAT" MCHJ.
Bog‘lanish uchun mas’ul shaxslar:
1. Begmatova G.Sh., TM bo’limining mutaxassisi.
Tel.: +998 99 722-82-54
2. Saidvaqqosov N. Z., TM bo’limining boshlig‘i
Tel.: +998 93 508-66-21
Texnik xususiyatlar (yuklab olish)
English
Русский
O'zbek