"Uzbekistan Airways Technics"MCHJ qutqaruvchilari, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining hayoti va sog'lig'ini majburiy sug 'urta qilish xizmatlarini ko'rsatishning boshlang'ich xarajatlarini monitoring qilish bo'yicha.
1. Shartnoma narxini shakllantirish tartibi: har bir sug'urtalangan shaxs uchun HBQning 20%i miqdorida.
Sug'urtalanadigan shaxslar soni - 33 kishi.
2. Xizmat ko’rsatuvchiga qo’yiladigan talablar:
- tanlovda ushbu sohada kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lgan, sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda quyidagilar ishtirok etishiga yo’l qo’yilmaydi:
- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lganlar;
- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo’lganlar;
- belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
- ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni to’g’ri bajarmaganlar;
- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reestrida joylashgani.
Tijorat taklifida quyidagilarni ko'rsatish kerak:
- tashkilotning yuridik manzili,
- telefon, elektron pochta
- umumiy sug'urta summasidan sug'urta koeffitsienti,
- sug'urta mukofoti miqdori,
Tijorat taklifiga tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma, litsenziya va milliy miqyosda ishonchlilik reytingini tasdiqlovchi sertifikatlari nusxasi ilova qilinishi kerak.
Tijorat taklifi qog'oz shaklida ham, elektron pochta orqali ham qabul qilinadi:
Buyurtmachining aloqador shaxslari:
1. TB mutahasisi - Popkova T.A. tel. (55)503-16-04
2. IYoQB bishlig'i Israilov O.R. тел. (90) 319-00-84
English
Русский
O'zbek