“MRO Central Asia: Engines 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun stend tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha boshlang‘ich narx monitoringi e’lon qilinadi. Tadbir Toshkent shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
- Stend uchun ajratilgan yer maydoni 9 kv.metrni tashkil etadi.
1. Xizmat ko‘rsatuvchi uchun talablar:
• Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ushbu yo‘nalishda kamida 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan, yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lgan barcha yuridik shaxslar, shu jumladan kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Quyidagi ishtirokchilar tanlovda qatnashish huquqiga ega emaslar:
• qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida bo‘lganlar;
• buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj ishlarida ishtirok etayotganlar;
• belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
• ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlar;
• Vijdonsiz ijrochilar yagona reyestrida mavjud bo‘lganlar.
Tijorat taklifida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
• tashkilotning yuridik manzili;
• telefon raqami, E-mail manzili;
• QQSsiz yoki QQSni inobatga olgan holda narxlar (agar ishtirokchi mazkur soliq to‘lovchisi bo‘lsa);
• to‘lov shartlari.
Tijorat taklifiga tashkilotning litsenziyasi va davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
Tijorat takliflari qog‘oz shaklida yoki elektron pochta orqali This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. manziliga 2025-yil 4-noyabr soat 17:00 gacha direktori Ibragimov F.I. nomiga yuborilishi kerak. Manzil: O'zbekiston, 100167, Toshkent, Uchuvchilar shaharchasi, ''UAT'' MChJ manzilida qabul qilinadi.
Buyurtmachi vakillari uchun aloqa shaxslari:
1. Tijorat mutaxassisi – Madaminov I.I., tel.: (55) 503-18-58
2. Tijorat bo‘lim boshlig‘i – Xakimov A.R., tel.: (55) 503-18-58
English
Русский
O'zbek